Enrike: "Bizning maqsadimiz ketma-ket Chempionlar ligasini qo‘lga kiritish"
PSJ bosh murabbiyi Luis Enrike jamoaning yangi mavsumdagi maqsadlari haqida gapirdi.
"Tarixga kirishda davom etish. Bu erga kelgan birinchi kunimdan beri ko‘zlagan maqsadim shu. Hozircha buni uddalayapmiz, ammo ketma-ket ikki marta Chempionlar Ligasida g‘olib chiqish juda qiyin. Lekin bizning maqsadimiz shu. Biz juda intiluvchan jamoamiz. Qiyin bo‘lishini bilamiz, lekin bunday mentalitet uchun bu normal holat. Hammasi o‘zimizga, darajamizga bog‘liq bo‘ladi", - deya Enrikening so‘zlarini keltirdi RMC Sport.
O‘tgan mavsumda Frantsiya grandi turnir finalida "Inter"ni 5:0 hisobida mag‘lub etib, Chempionlar Ligasida g‘olib chiqqan edi. Shuningdek, Enrike jamoasi Frantsiya chempioni bo‘ldi va mamlakat kubogi va superkubogini qo‘lga kiritdi.
Fikrlar