Erlingk Xoland jahon chempionatlаridа 56 yil аvvalgі Gerd Myuller yutugʻini takrorladi
Norvegiya terma jamoasi hujumchisi Erling Holand jahon chempionatlari tarixida so‘nggi yarim asr ichida kamdan-kam uchraydigan natija qayd etdi. U mundiallardagi ilk to‘rt o‘yinida jami yetti gol urgan ilk futbolchiga aylandi. Bunday ko‘rsatkichga oxirgi marta 1970 yilda Germaniya terma jamoasi afsonaviy forvardi Gerd Myuller erishgan edi — u o‘shanda to‘rt uchrashuvda sakkiz bor raqib darvozasini ishg‘ol qilgan. Bu haqida OptaJose ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma’lum qildi.
Eslatib o‘tamiz, JCh-2026 musobaqasining 1/8 finalida Norvegiya Braziliya ustidan g‘alaba qozondi. Ushbu uchrashuvda norvegiyaliklar tarkibida Erling Holand dubl qayd etdi. Braziliya terma jamoasining yagona goliga Neymar penaltiidan mualliflik qildi.
Chorak finalda Norvegiya terma jamoasi Meksika – Angliya juftligi g‘olibi bilan to‘qnash keladi.
Avvalroq, 1/16 finalda Braziliya Yaponiya ustidan 2:1 hisobida g‘alaba qozongan, Norvegiya esa huddi shu hisobda Kot-d`Ivuar terma jamoasini mag‘lub etgan edi.

Fikrlar