Erling Xoland yozda “Siti”ni tark etadi, lekin “Real”ga bormaydi!

  • 10 yanvar, 2024, 18:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Siti” hujumchisi Erling Xoland mavsum yakunlanishi bilan Angliya Premer-ligasini tark etishi mumkin.

Tecno

Taniqli jurnalist Fransua Gallardo 23 yoshli to‘purar yozda “Barselona”ga ko‘chib o‘tishi haqida ma’lumot tarqatdi.

Manbaga ko‘ra, Xolandning Kataloniyaga klubiga o‘tishi ancha oldin hal qilingan. Ispan grandi bu transfer uchun 100 million evro to‘laydi.

Erling Xoland “Manchester Siti”ga 2022 yilning yozida “Borussiya”dan o‘tgan edi.  Hozirgacha “shaharliklar” safida 75 ta uchrashuvda maydonga tushgan forvard o‘z hisobiga 71 ta gol va 14 ta assist rasmiylashtirgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Yunusov Bahrom
10/01/2024 21:28
Bunga malumot tarqatgan jurnalistning o'zi ham ishonmagan bo'lsa kerak