Eronlik futbolchilar FIFAdan terma jamoani jahon chempionatidan chetlatishni talab qilmoqda

  • 21 oktabr, 2022, 09:32
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bir guruh eronlik futbolchilar FIFAdan o‘z mamlakatlari terma jamoasini Qatarda bo‘ladigan jahon chempionatidan chetlatishni talab qilmoqda, deb xabar berdi Iran International English.

Tecno

Futbolchilarning xalqaro tashkilotga yo‘llagan maktubida Eron hukumatining o‘z xalqiga ayovsiz munosabatda bo‘layotgani, mamlakatda FIFA kodeksini buzib, xotin-qizlar stadionlarga kiritilmayotgani, bir necha futbolchilar kuch ishlatar tizimlar tomonidan ta’qibga olinayotgani sababli terma jamoani mundialdan chetlatish uchun asos bo‘lishi yozilgan.

Bundan tashqari, eronlik futbolchilar Eronning FIFAga a’zoligi to‘xtatilishi lozim, deb hisoblanoqda.

Eron milliy terma jamoasi jahon chempionatining guruh bosqichida Angliya, Uels va AQSh bilan kuch sinashadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!