Eshli Koul "Chelsi"da ish boshladi
Yaqin o‘tmishning eng yaxshi qanot himoyachilaridan biri bo‘lgan Eshli Koul yana o‘zi uchun qadrdon hisoblangan “Chelsi”ga qaytdi.
Klub rasmiy sayti tarqatgan xabarga ko‘ra Koul “Chelsi”ning U-15 jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlangan.
Ma’lumot uchun, Eshli Koul 2006-2014 yillarda “Chelsi” safida to‘p surgan va jami 9ta sovrinni qo‘lga kiritgan. U shuningdek "Arsenal", "Roma" va "Los-Anjeles Gelaksi" klublari sharafini ham himoya qilgan.



Fikrlar