Eski savol – Messi zo‘rmi yoki Ronaldu? Kumanning javobi kutilmagan bo‘ldi
Chempionlar ligasining navbatdagi turida “Barselona” va “Yuventus” o‘zaro to‘qnash keladi. Bu o‘yinda futbol jamoatchiligi Lionel Messi va Krishtianu Ronalduning yangi duelini ko‘rishni ishtiyoq bilan kutyapti.
8 dekabr kuni bo‘ladigan uchrashuv oldidan Ronald Kuman bu ikki futbolchining raqobati haqida o‘z fikrlarini bildirdi.
- Bu ikki o‘yinchining uzoq yillar davomida yuqor saviyada o‘ynayotganining o‘zi ajoyib holat. Leo va Krishtianu oxirgi 10-15 yilning eng zo‘r futbolchilari. Shu davr mobaynida ular hayratlanarli yutuqlarni qo‘lga kiritdi.
Messi va Ronaldu turli o‘yinchilar, lekin ularning gollar, xet-triklar, sovrinlar statistikasi ajoyib. Ulardan qaysi biri kuchli ekanini gapirishning o‘zi katta xato. Ular futbol muxlislariga qanchadan qancha zo‘r uchrashuvlar, chiroyli gollar taqdim etgan. Ertangi bahsda ularning o‘yinidan bahra olamiz, - dedi Kuman.

Fikrlar