Estevaoning agenti: "Barsa" har yili qiziqdi, lekin moliya yo‘l qo‘ymadi"
"Chelsi"ning hujumkor futbolchisi Estevao bilan ishlaydigan agent Andre Kyuri uning "Barselona" bilan bo‘lgan aloqalari haqida gapirdi.
Uning aytishicha, kataloniyaliklar futbolchiga bir necha yil davomida qiziqish bildirgan, biroq moliyaviy muammolar tufayli transferni amalga oshira olmagan.
Kyurining gaplari quyidagicha:
"Biz "Barselona" bilan Estevao borasida 2021, 2022, 2023 va 2024 yillarda gaplashganmiz. Biz ofislariga borib, futbolchini taklif qilganmiz, chunki u jahon futbolida katta kelajakka ega bo‘lishini bilardim.
Ammo "Barselona" moliyaviy jihatdan barqaror emas edi, shuning uchun bitimni amalga oshirish imkoni bo‘lmagan. Bu alamli, lekin futbol shunday. "Barsa"ning texnik shtabdagi insonlari har doim Estevaoni olishni ma’qullashgan, lekin Deku moliyaviy cheklovlar tufayli qo‘lidan hech narsa kelmagan", — dedi Kyuri "Cadena SER"ga.
Eslatib o‘tamiz, seshanba kuni "Chelsi" Chempionlar ligasida "Barselona"ni 3:0 hisobida mag‘lub etdi. Estevao ushbu uchrashuvda gollardan birini urdi.
Fikrlar