
Evrokuboklarga qaytgan "Siti" yozda bir qator super transferlarni amalga oshirmoqchi
"Manchester Siti” klubi rahbariyati jamoadan evrokuboklarga qo‘yilgan taqiq olib tashlangach, tarkibni keskin kuchaytirishni rejalashtirmoqda.
Daily Mail nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, “shaharliklar” bu borada “Bavariya” himoyachisi David Alaba, “Napoli” himoyachisi Kalidu Kulibali, “Valensiya” vingeri Ferran Torres va “Inter” forvardi Lautaro Martinesni ko‘z ostiga olib qo‘ydi.
Bundan tashqari, “Siti” tez orada Kevin de Bryuyne, Raxim Sterling va Gabriel Jezus kabi etakchi futbolchilari bilan ham kelishuvni uzaytirmoqchi. Kelasi yil shartnomasi yakunlanadigan bosh murabbiy Gvardiola bilan ham tez orada muzokaralar boshlanishi kutilmoqda.
Fikrlar