Evropaga “yangi Neymar” keladi

  • 28.03.2021 10:45
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Manchester Siti” yozgi transferlar vaqtida birinchi bo‘lib “Fluminense” futbolchisi Kaykani oladi.

The Sun nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, tomonlar transfer bo‘yicha muzokarani yakunlash arafasida turibdi. Kelishuv bo‘yicha “shaharliklar” 17 yoshli o‘yinchi uchun 22 million funt to‘laydi va keyin miqdori sir tutilayotgan bonus ham ajratishi kerak bo‘ladi.

Braziliyada “yangi Neymar” nomi bilan tanilgan Kaykining transferiga shaxsan Xosep Gvardiola qiziqmoqda. Bu iste’dodli futbolchi katta tezligi, yaxshi driblingi va hujumlarni samarali yakunlashdagi mahorati bilan mutaxassislar e’tiborini tortmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!