Evropaga yo‘l ochilmoqda: Olimpiadada porlagan futbolchimiz legionerga aylanadi!

  • 23 avgust, 2024, 23:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

Qit’a va jahon chempionatlari, Olimpiya o‘yinlari kabi yuqori nufuzli xalqaro musobaqalar ishtirokchi sportchilar uchun ko‘rik vazifasini o‘taydi.

Tecno

Keyingi yillarda xalqaro maydonlardagi musobaqalarda o‘z salohiyatini namoyish eta olgan futbolchilarimizdan Abduqodir Husanov Frantsiya, Muhammadali O‘rinboev Angliya, Abbosbek Fayzullaev Rossiya, Husniddin Aliqulov va Azizbek Turg‘unboev Turkiya, Oston O‘runov Eron, Amirbek Saidov Serbiya chempionatlariga yo‘l oldi.

Endi xorij mamlakatlarida legioner maqomida o‘ynayotgan o‘zbek futboli tarbiyalanuvchilari qatoriga Alisher Odilov qo‘shilmoqda.

O‘zbekiston U-23 terma jamoasi safida Qatardagi Osiyo chempionati va Frantsiya poytaxti Parijdagi Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etgan iste’dodli hujumchimiz Rossiya Premer-ligasi vakili “Ximki” jamoasiga ko‘chib o‘tadigan bo‘ldi.

- Tez orada Alisher Odilov “Ximki” safida tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun Rossiyaga uchib ketadi. Uning transferi amalga oshish arafasida, - deb ma’lumot tarqatdi “Olimpik” jamoasi matbuot kotibi Tolibjon Qosimov.

23 yoshli Alisher Odilov aslida “Paxtakor” akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Iste’dodli o‘yinchi bu yil Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etgan O‘zbekiston U-23 terma jamoasining bazasi hisoblangan “Olimpik” jamoasiga o‘tkazilgan edi.

Klublar miqyosida bu hujumkor futbolchi O‘zbekiston Superligasida jami 59 ta uchrashuvda maydonga tushib, 11 ta gol va to‘rtta assist muallifi bo‘ldi.

Mamlakat kubogi musobaqalarida 14 ta bellashuvda o‘z hisobiga sakkizta gol va beshta golli uzatma yozdirib qo‘ygan.

Shuningdek, Odilov O‘zbekiston Pro-ligasida ham ishtirok etib, tajribasini oshirgan. Bu ligada 19 ta bahda o‘nta gol va oltita assist qayd etib, sermahsullik namoyish qilgan.

Alisher Odilov universal hujumchi hisoblanadi. Uning asosiy pozitsiyasi o‘ng qanot hujumchisi bo‘lishiga qaramay, chap qanotda, hujum markazida va maydon markazida samarali o‘yin ko‘rsata oladi.

O‘zbek futbolining iqtidorli vakili O‘zbekiston U-23 terma jamoasi tarkibida xalqaro miqyosdagi uchrashuvlarda 27 marotaba maydonga tushib, raqiblar darvozasini 12 marta ishg‘ol qilishga muvaffaq bo‘ldi.

Shunga qaramay, Alisher Parij Olimpiadasida ishtirok etadigan terma jamoaning yakuniy tarkibidan tushib qoldi. Biroq Ispaniyaga qarshi o‘tkazilgan birinchi uchrashuvdan keyin “Qayrat”dan taklif qilingan Ibrohimxalil Yo‘ldoshev Toshkentga qaytib kelishga majbur bo‘lib qoladi.

Terma jamoa murabbiylar shtabi belgilangan qoidalardan foydalangan holda Ibrohimxalil Yo‘ldoshev o‘rniga aynan Alisher  Odilovni Frantsiyaga chaqirtiradi.

Hujumchi o‘ziga bildirilgan ishonchni oqladi. O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi safida ikkinchi turda Misrga qarshi olti daqiqa o‘ynagan hujumchiga guruhdagi oxirgi bahsda katta imkoniyat berildi.

Dominikan Respublikasi terma jamoasi bilan bo‘lgan bahsni ilk daqiqalarda boshlagan Alisher Odilov terma jamoa sardori Eldor Shomurodovning pasini golga aylantirib, terma jamoamizning durang natijasini ta’minladi.

Endi 23 yoshli futbolchimiz o‘z mahoratini Rossiya Premer-ligasida namoyish etishi lozim. Alisher Odilov “Ximki” qo‘shilishi bilan bu ligadagi legionerlarimiz soni beshtaga etadi. Alisherdan tashqari Abbosbek Fayzullaev TsSKAda, Sherzod Esonov "Akron"da, Umarali Rahmonaliev va Rustamjon Ashurmatov “Rubin”da to‘p tepib kelmoqda.   

Evropada Husanovni kuzatishyapti! O‘zgarish bo‘ladimi?

Jeko va Immobile bilan birga to‘purarlik qilayotgan himoyachi Aliqulov xushxabar eshitdi

Sen zo‘r jangchi bo‘lasan! Mashhur promouter Parijda porlagan bokschimizni olib ketmoqchi

To‘purar legionerimiz yana “ko‘tarila” boshladi!

Shomurodovga ideal variantlar bor...

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Pardayev Shavkat
21/08/2024 21:48
"Россияга",- деб, қўя қолмайсиларми? Россияни Европа ҳам чиқариб юбордику.
Davlatbek Alibekov
22/08/2024 09:09
У'зи аслида россия. ЕВРОПА эмас катта к,исми Осиё к,итъасида