Falkao rekord o‘rnatdi
Kolumbiya terma jamoasi hujumchisi Radamel Falkao kecha bo‘lib o‘tgan Ispaniya termasiga qarshi bahsda gol kiritishga muvaffaq bo‘ldi. Mazkur gol Falkao uchun terma libosidagi 26 gol bo‘ldi va hujumchi Kolumbiya terma jamoasi tarixidagi eng yaxshi to‘purarga aylandi.
Falkaoga buncha gol kiritish uchun 65 ta o‘yin kerak bo‘ldi. Bundan oldingi rekord esa Arnold Iguaranga tegishli edi – 25 ta gol.

Fikrlar