Farg‘onada Ayollar spartakiadasi bo‘lib o‘tdi (foto)

CHERY AUTO

 Farg‘onada Xalqaro xotin-qizlar kuni bayramiga bag‘ishlangan ayollar spartakiadasi bo‘lib o‘tdi. Unda shahar va tumanlardan kelgan ishtirokchilar engil atletika, voleybol, stol tennisi, suzish kabi sport turlari bo‘yicha bahslashdi.

 Tanlov yakunlariga ko‘ra, musobaqada sportning voleybol turi bo‘yicha umumjamoa hisobida Qo‘shtepa tumani, stretbol turida esa Marg‘ilon shahri jamoalari birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Suzish bo‘yicha 18-30 yoshlilar o‘rtasida O‘g‘iloy Teshaboeva va 30-50 yoshlilar o‘rtasida Shahnoza Mamajonova peshqadam bo‘ldi. Shuningdek, engil atletika bo‘yicha 18-30 yoshlilar o‘rtasida Mavluda Salimova va 30-50 yoshlilar o‘rtasida Havasxon Ergasheva g‘olib bo‘lgan bo‘lsa, stol tennisi turida Marhaboxon Murodova g‘alaba qozondi.

Musobaqa g‘olib va sovrindorlari diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
 
 
 
 
Manba:uza.uz
 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!