Fayzullaev transferida “to‘ydan oldin nog‘ora qoqmaylik”!

  • 30 noyabr, 2024, 23:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Rossiya Premer-ligasi o‘zbekistonlik futbol ishqibozlari muntazam kuzatib borayotgan chempionatlardan biri hisoblanadi.

Tecno

Chunki bu ligada bir necha legionerlarimiz to‘p tepmoqda. Xususan, TsSKA Abbosbek Fayzullaevni, “Rubin” Rustamjon Ashurmatov va Umarali Rahmonalievni, “Ximki” Alisher Odilovni, “Akron” Sherzod Esonovni o‘z safiga qo‘shib olgan.

Umuman olganda, Rossiya Premer-ligasida dunyoning 50 dan ortiq mamlakatidan 176 nafar o‘yinchi to‘p tepmoqda. O‘zbekiston bu musobaqadagi legionerlar soni bo‘yicha “top-10”ga kiradi.

Premer-liganing eng yorqin o‘yinchilaridan biri, shubhasiz, Abbosbek Fayzullaevdir. 21 yoshli futbolchimiz ushbu chempionatdan Evropaning kuchli ligalariga o‘tib ketish ehtimoli katta bo‘lgan o‘yinchilardan hisoblanadi.

Rossiyalik jurnalistlar “Rubin”dagi hamyurtimiz Umarali Rahmonaliev bilan suhbatda TsSKA etakchisi Abbosbek Fayzullaev haqida ham so‘radi.

— Hamyurtingiz Abbosbek Fayzullaev TsSKAning asosiy yulduzlaridan biri. Uning qisqa fursatda o‘z jamoasining etakchisiga aylanganidan hayratlandingizmi?

— Yo‘q, hayratlanmadim. Biz u bilan anchadan beri, bolalikdan yaxshi tanishmiz. Bolalar-o‘smirlar futbolida bir birimizga qarshi juda ko‘p o‘ynaganmiz. Keyin terma jamoalarda birga o‘ynadik.

Abbos juda yaxshi yigit va ajoyib texnikaga ega bo‘lgan kuchli futbolchi. Buni u TsSKAda ham namoyish qilib kelmoqda. Shuning uchun ham uning muvaffaqiyatlari meni hayron qoldirgani yo‘q.

— Ko‘pchilik, Abbosbek Rossiya Premer-ligasida uzoq qolmaydi, tez orada Evropaning top-chempionatlaridan biriga o‘tib ketadi, deb hisoblamoqda. Bu borada sizning fikringiz qanday va qaysi liga unga mos keladi?

— Alloh nasib qilsa, Fayzullaev o‘sha ligalarda o‘ynaydi. Lekin qaerda o‘ynashini oldindan ayta olmaymiz. Shu bois, keling, “to‘ydan oldin nog‘ora qoqmaylik”!

Eslatib o‘tamiz, 21 yoshli Abbosbek Fayzullaev “Paxtakor” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi va 2023 yilning avgustidan beri TsSKAda to‘p tepmoqda. Bir necha pozitsiyada o‘ynay oladigan universal hujumkor futbolchimiz hozirgacha “armiyachilar” safida jami 53 ta uchrashuvda ishtirok etib, sakkizta gol va 20 ta assist qayd etgan.

Transfermarkt portali Fayzullaevni 6 million evroga baholangan va bu reyting yangilansa, hamyurtimizning transfer narxi yanada oshishi kutilmoqda.

Umarali Rahmonaliev esa, “Bunyodkor” klubida tarbiyalangan. Rossiyaga Fayzullaevdan bir necha oy muqaddam – 2023 yilning yanvarida ko‘chib o‘tgan. “Rubin”dan qo‘nim topgan hamyurtimiz Abbosdan farqli ravishda yarim mavsum birinchi ligada ham ishtirok etgan.

Rahmonaliev qozonliklar safiga qo‘shilganidan beri barcha musobaqalarda 27 marotaba maydonga tushib, o‘z hisobiga bir juft assist rasmiylashtirdi. 21 yoshli futbolchimiz ayni paytda 600 ming evroga baholanyapti.

“Lans” muxlislari Husanovning superklubga transferiga qanday munosabat bildiryapti?

O‘zbek futbolchisi Angliya Premer-ligasiga bormoqchi...
Rossiya terma jamoasi O‘zbekiston bilan o‘ynashi kutilmoqda!
Evropa grandlari nega Husanovga buqadar qiziqyapti?

Ikki superklub Husanov uchun duelga kirishdi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Узимдааа Мендааа
30/11/2024 23:16
Битта булса хам тугри фикр билдирадигани бор эканку Файзуллаев хакида