Fayzullaevning ketganini TsSKA muxlislari qanday qabul qildi? (Muhokama qizimoqda)

  • 14 iyul, 2024, 02:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

Rossiya Premer-ligasining yangi mavsumida yuqori o‘rinlar uchun kurashishga tayyorlanayotgan TsSKA klubi rahbariyati jamoaning etakchi o‘yinchisi Abbosbek Fayzullaevni O‘zbekiston terma jamoasi safiga qo‘yib yubordi.

20 yoshli hujumkor futbolchimiz Frantsiya poytaxti Parij shahri mezbonlik qiladigan yozgi Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etishga hozirlik ko‘rayotgan terma jamoamiz safiga borib qo‘shildi.

- Abbos Fayzullaev 2024 yilgi Olimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘rish uchun O‘zbekiston terma jamoasiga ixtiyoriga jo‘nab ketdi.

Olimpiadaning futbol musobaqalari 24 iyuldan 9 avgustgacha davom etadi.

Guruh bosqichida O‘zbekiston futbolchilari Ispaniya, Misr va Dominikan Respublikasi terma jamoalari bilan o‘ynaydi.

Abbosga va uning jamoasiga muvaffaqiyat tilaymiz, klubga  orzusidagi medallar bilan qaytishini kutib qolamiz, - deyiladi TsSKA matbuot xizmatining rasmiy bayonotida.

O‘z navbatida, TsSKA muxlislari ijtimoiy tarmoqlar orqali Abbosbek Fayzullaevning Olimpiadada qatnashishini keng muhokama qila boshladi.

Sports.uz portali o‘zbekistonlik futbol ishqibozlari e’tiboriga rossiyalik muxlislarning fikr-mulohazalarini havola etadi.

Dmitry Novozhenin:

Abbosning o‘yinlarini Premer-liga startida ko‘ra olmas ekanmiz.

Chief Accountant:

Balli Abbos, sen zo‘rsan!

Andrey Igorevich:

Tezroq qayt, eng muhimi jarohatlarsiz kel!

Elena Evstyunicheva Vologda:

Abbosga omad, gollar, zo‘r o‘yin va katta g‘alabalar tilaymiz!

Rinat Xabirov:

Faqat Fayzullaev uchun Olimpiadaning futbol bo‘yicha bahslarini tomosha qilaman.

Korchashkin Ilya:

Qiyin guruh ekan, Abbosga omad yor bo‘lsin.

Rostislav:

Jarohatsiz kelishingni tilab qolamiz.

Krasno siniy samyy silnyy:

Omad, ispanlarni yutib qo‘yinglar!

Roman Sviderskiy:

Abbos, omad, muhimi jarohat olma.

Rask:

Abbosga muvaffaqiyat!

Artyom:

Abbos omad, hammamiz sog‘-salomat, jarohatlarsiz qaytishingni istaymiz. Qani olg‘a!

Parad:

O‘zbeklar Osiyoda zo‘r o‘ynayotgan jamoa.

Novik59:

Abbos musobaqada uzoq qolsa kerak, muhimi jarohatsiz qaytsin.

1234qweasz:

Fayzullaev, albatta bizga medal olib kel!

 

Fayzullaevga Evropadan taklif bo‘ldimi?

Legionerimizning Evropa Chempionlar ligasidagi o‘yini qanday baholandi?

Ikki legionerimiz Evropa chempionlar ligasida yurishini boshlayapti

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Бобурни Парпиев
11/07/2024 22:29
ЦСКА группасидаги изохларку
Шухрат Хусаинов
11/07/2024 20:27
Бутун россия мотам тутмокд