Felish uchun kurashga endi "Real" ham qo‘shildi

  • 14.04.2019 10:04
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Benfika" klubi vingeri Joau Felish "Real" Madridning qiziqishlar doirasiga kirib qoldi.

Marca nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “qirollik klubi” skautlari Felishning Evropa ligasi chorak finalida "Ayntraxt"ga qarshi ko‘rsatgan o‘yinidan hayratda tushishgan.  Aslida “Real” vakillari shu kuni “Ayntraxt” forvardi Luka Yovichning o‘yinlarini kuzatish uchun kelishgan edi.

Eslatib o‘tamiz, Felish shu kuni frankfurtliklar darvozasiga 3ta gol urib, Evropa ligasida xet-trik qayd etgan eng yosh futbolchiga aylangan edi. Shundan so‘ng 19 yoshli portugaliyalik futbolchi Evropa ligasida hafta futbolchisi deb topildi.

Eslatib o‘tamiz, Felish uchun shuningdek “Yuventus” va “Barselona” klublari ham kurash olib borishmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!