
Fergyuson qaysarlik qilishni davom etmoqda
UFC faxriysi Toni Fergyuson ketma-ket sakkizinchi bor mag‘lubiyatga uchradi va quyidagi so‘zlarni aytib o‘tdi.
"Bugungi jang qiyin bo‘lishini bilardim. Garchi yutqazgan bo‘lsam-da, faoliyatimni yakunlamoqchi emasman, men UFC ni yaxshi ko‘raman va boshqa joyda musobaqalashishni istamayman. Qo‘lqoplarimni hali mixga ilmayman !!!" – dedi Fergyuson turnirdan keyin.
Eslatib o‘tamiz, "UFC on ABC 7" musobaqasida Maykl Keza Fergyusonni bo‘g‘ib qo‘ydi.
Fikrlar