
FIFA prezidenti Toshkentda Osiyo chempionlari bilan uchrashdi va boshqa tadbirlarda ham ishtirok etdi (FOTOGALEREYa)
FIFA prezidenti Janni Infantino 6 may kuni bo‘lib o‘tgan tadbirlarda mamlakatimizda futbolni ommalashtirish va yirik tadbirlarni birgalikda o‘tkazish bo‘yicha sharoitlar bilan tanishdi.
Nufuzli global sport tashkiloti rahbari mamlakatimizda futbolni rivojlantirish, unga yoshlar va qizlarni keng jalb qilish, iste’dodlarni tarbiyalash, ommabop va zamonaviy infratuzilmani yaratish, malakali murabbiylar va soha mutaxassislarini tayyorlash bo‘yicha olib borilayotgan islohotlarni yuksak baholadi va to‘liq qo‘llab-quvvatladi.
Janni Infantino O‘zbekiston etakchisini yoshlar terma jamoamiz yaqinda Osiyo Kubogida g‘alaba qozongani bilan samimiy tabrikladi. Bu sohada amalga oshirilayotgan amaliy ishlar samaradorligining navbatdagi tasdig‘i ekanini ta’kidladi.





































Fikrlar