
FIFA yana bir o‘zbek klubidan transfer taqiqini olib tashlashi kutilmoqda
Bundan avvalrof FIFA “Buxoro”dan transfer taqiqini olib tashlagani haqida xabar berilgan edi.
O‘zbekiston Professional futbol ligasi Bosh direktori vazifasini bajaruvchi Diyor Imomxo‘jaevning ma’lum qilishicha, “Andijon” FIFAdagi masala bo‘yicha hisob-kitob qilgan va tez orada taqiq olib tashlanishi kutilmoqda.
Endi faqatgina “Nasaf”da FIFA taqiqi qolmoqda. O‘ylaymizki, “ajdarlar” ham yaqin vaqtlar ichida ushbu masalani ijobiy hal qilishadi.
Fikrlar