"Fiorentina" "Bryugge" ustidan irodali g‘alabani tantana qildi (video)

  • 03.05.2024 09:03
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

UEFA Konferentsiyalar ligasining yarim final ikkinchi juftligida “Fiorentina” o‘z maydonida “Bryugge”ga qarshi bahs olib bordi.

“Artemio Franki” nomidagi stadionda kechgan uchrashuv har tomonlama murosasiz kechdi. Shu kuni muxlislar naqd 5 ta golning guvohi bo‘lishdi. O‘yinning 61-daqiqasiga kelib mehmonlar a’zosi Rafael Onedika hakam tomonidan qizil kartochka ko‘rsatilib maydondan chetlatildi. O‘z navbatida bu ustunlik uchrashuv natijasiga ham ta’sir qildi. 2:2 hisobi qayd etilayotgan bir paytda 90+1 daqiqada mezbonlar a’zosi Mbala Nzola raqib darvozasini ishg‘ol qildi va jamoasiga muhim g‘alabani olib keldi – 3:2.

Ushbu jamoalar o‘rtasidagi javob bahsi 10 may kuni Belgiyada bo‘lib o‘tadi.

Quyida “Fiorentina” – “Bryugge” bahsining qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!