Flik “Barsa”dan zudlik bilan bir futbolchini olib kelishni so‘rayapti

  • 25 may, 2024, 16:17
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” rahbariyati iste’foga chiqarilgan bosh murabbiy Xavi Ernandes o‘rniga germaniyalik mutaxassis Xans-Diter Flikni tayinlashi haqida ma’lumotlar  tarqatilmoqda.

Tecno

Bar Canaletes nashrining yozishicha, yangi bosh murabbiy klub rahbariyatidan birinchi transferni amalga oshirishni so‘ragan. Unga ko‘ra, Flik o‘z qo‘l ostida “Bayer” futbolchisi Esekel Palasiosni ko‘rmoqchi.

Maydon markazida ham himoyaviy, ham hujumkor o‘yin ko‘rsata oladigan 25 yoshli yarim himoyachi Argentinaning “River Pleyt” jamoasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.

Palaios 2020 yildan beri “Bayer” sharafini himoya qilmoqda va yakunlangan mavsumda leverkuzenliklar bilan birga tarixiy chempionlikni qo‘lga kiritdi.

Transfermarkt portali argentinalik futbolchini 40 million evroga baholamoqda. Uning “dorishunoslar” bilan shartnomasi 2028 yilning yarmigacha davom etishi belgilangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Xo'jayev Shuxrat
25/05/2024 17:50
Сарлавҳа нотӯғри кетибдими