Florentino Peres marhum futbolchining o‘g‘lini voyaga etgunicha o‘z qaramog‘iga oldi

  • 4 iyun, 2019, 17:06
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor joriy yilning 1 iyun kuni ispaniyalik mashhur futbolchi Xose Antonio Reyes 35 yoshida avtoxalokat qurboni bo‘ldi.

Tecno

Marca nashri tarqatgan xabarga qaraganda “Real” Madrid klubi prezidenti Florentino Peres marhum futbolchining 11 yoshli o‘g‘lini voyaga etgunicha o‘z tarbiyasiga oladi.

Ma’lumot uchun, Reyes "Sevilya" klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U faoliyati davomida "Arsenal", "Real", "Atletiko", "Benfika", "Espanol", "Kordova", "Sintszyan Tyanshan Leopard" va "Estremadura" klublarida to‘p surgan.

Ispaniya terma jamoasida esa 2003-2006 yillarda o‘ynagan. 21ta o‘yinda maydonga tushib 4ta gol urgan.

Ta’kidlash kerakki, Reyes Evropa ligasida eng ko‘p g‘alaba qozongan futbolchilardan biri hisoblanar edi. U faoliyati davomida ushbu sovrinni 5 marta qo‘lga kiritgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!