
FR: Xolandning kichik mundialdagi katta rekordi
21 may kuni Argentinada 20 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasida 23-jahon chempionati start oladi. Ravshan Haydarov shogirdlari ham ishtirok etadigan musobaqa haqida qiziqarli faktlarni keltiramiz.
1) Turnirda barchadan ko‘proq qatnashgan jamoa Braziliya hisoblanadi. Boshlanayotgan chempionat Lotin Amerikasi vakillari uchun 19-sidir. Qita’doshlarimizdan bu borada eng tajribalisi Janubiy Koreya termasi bo‘lib turibdi (16).
2) Musobaqani yutish bo‘yicha turnirning bu yilgi mezboni hammadan oldinda. Argentinaliklar 6 bor U-20 Jahon chempionati shohsupasiga ko‘tarilishgan.
Osiyo jamoalarida hozircha chempionlik unvoni yo‘q. Ammo 3 qit’adoshimiz musobaqa finalida ishtirok etgan. Bular: Qatar (1981), Yaponiya (1999) va Janubiy Koreya (2019).
3) Turnirning eng yaxshi futbolchisiga beriladigan "Oltin to‘p"ni qo‘lga kiritish bo‘yicha braziliyaliklar etakchi (5 marta). Qit’adoshlarimizdan faqat 2 o‘yinchi bu sovringa erishgan: Ismoil Matar (2003) hamda Kang-In Li (2019).
4) Faqat 3 nafar futbolchi ushbu musobaqada 2 martadan g‘alaba qozongan. Ulardan biri argentinalik Serxio Aguero hisoblanadi (2005, 2007).
5) Turnirning final bosqichida qayd etilgan eng yirik hisob 2019 yilga to‘g‘ri keladi. O‘shanda norvegiyaliklar Gonduras darvozasiga javobsiz 12ta to‘p kiritishgan edi.
6) Bir o‘yinda kiritilgan gollar soni bo‘yicha mutlaq rekord bugun APLni "yondirayotgan" Xolandga tegishli. Erling biz yuqorida eslagan o‘yinda 9ta gol urib, musobaqa "bombardir"iga aylangan edi.
7) Chempionat davomida urilgan gollar soni bo‘yicha rekord esa argentinalik Xaver Saviolaga tegishli. Keyinchalik "Barselona" va "Real" sharafini himoya qilgan hujumchi 2001 yil o‘z vatanida o‘tkazilgan musobaqada nomini 11 bor tabloga yozdirishni uddalagan...
Fikrlar