
Frantsiya chempionatining joriy mavsumdagi eng yaxshi murabbiyi bo‘lishga nomzodlar e’lon qilindi
Frantsiya professional futbolchilar uyushmasi mamlakat chempionatining joriy mavsumdagi eng yaxshi murabbiyi mukofotiga nomzodlarni e’lon qildi.
Ushbu ro‘yxatdan Tomas Tuxel (PSJ), Bruno Jenezio ("Lion"), Kristof Galte ("Lill"), David Giyon ("Reyms") va Terri Lorelar ("Strasbur") joy olishdi.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq chempionatning eng yaxshi futbolchisi bo‘lishga nomzodlar ham e’lon qilingan edi.
Fikrlar