Frantsiya futbolining bo‘lajak yulduzi qaysi jamoaga o‘tmoqchiligini aytdi

  • 31 mart, 2020, 10:28
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Renn" klubi yarim himoyachisi Eduardo Kamavinga faoliyatini "Real" Madridda davom ettirmoqchi. Bu haqda Marca nashri xabar tarqatmoqda.

Tecno

Yuqoridagi manbaga ko‘ra, 17 yoshli frantsuz o‘ziga qiziqayotgan grandlar orasidan aynan “qirollik klubi”ni tanlagan. Aytish kerakki, unga shuningdek "Barselona", "Borussiya" Dortmund, "Liverpul" va PSJ klublaridan ham takliflar bor. "Renn" esa Kamavinganing transferini 100 million evroga baholamoqda.

Ma’lumot uchun, Eduardo Kamavinga joriy mavsum 36 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta gol hamda 2 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!