Frantsiyalik hakam o‘yin yakunlangach maydonda to‘p surgan jamoa sardorlariga o‘z kartochkalarini sovg‘a qildi (video)

  • 18 may, 2019, 13:03
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Frantsiyalik mashhur referi Yoan Runsar o‘z faoliyatini qiziqarli tarzda yakunladi.

Tecno

45 yoshli hakam kecha Frantsiya ikkinchi divizionining "Metts" hamda "Brest" jamoalari bahsini boshqardi va o‘yinga 5 daqiqa qo‘shimcha vaqt belgiladi. Biroq, ushbu daqiqalar yakuniga etmasdan hakam o‘yinni tugatdi.

Ta’kidlash kerakki, o‘yin yakunlangach Runsar har ikkala jamoa futbolchilari uni tabriklashdi. U esa jamoa sardorlariga cho‘ntagidagi qizil va sariq kartochkalarni sovg‘a qildi hamda maydonga o‘z pufakchalari bilan “rahmat” deb yozib qo‘ydi.

Qizig‘i, shu kuni maydonda harakat qilgan har ikkala jamoa ham yangi mavsumda Liga 1 da o‘tkazish huquqini qo‘lga kiritdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!