Frantsuz klubi tomonidan 50 million evroga baholanayotgan 17 yoshli futbolchi kim?
Frantsiyaning «Renn» klubi rahbariyati jamoa yarim himoyachisi Eduardo Kamavingani qancha summaga sotishga tayyor ekanliklarini ma’lum qildi.
«AS» nashrining tarqatgan xabarida aytilishicha, frantsuz klubi 17 yoshli futbolchiga xaridor bo‘layotganlardan 50 million evro so‘raydi.
Avvalroq Kamavingaga «Real» klubi qiziqayotgani va hatto madridliklarni yarim himoyachining agenti bilan aloqaga chiqqani xabar qilingandi. Umuman olganda, ushbu yosh o‘yinchiga bir qator klublar qiziqish bilan qaramoqdalar. Joriy mavsumda Eduardo «Renn» safida Liga 1 doirasida 25 uchrashuvda ishtirok etib, 1 ta gol urdi



Fikrlar