
Futbolchilar ulardan aqlni ishlatishni talab qilayotgan murabbiyga bosh ko‘tardi
“Lester” futbolchilari orasida bosh murabbiy Stiv Kuperga nisbatan norozilik holatlari ko‘payib bormoqda.
Kuper “tulkilar”ni iyun oyida qabul qilib olgandi. U “Chelsi”ga o‘tib ketgan Entso Mareska o‘rnini egalladi.
Yangi bosh murabbiy qo‘l ostida “Lester” Premer-liganing dastlabki uchta uchrashuvida atigi bir ochkoni qo‘lga kiritdi.
The Sun nashrining yozishicha, jamoa o‘yinchilari Kuperning ish uslubiga moslasha olmayapti. Avvalgi murabbiy Mareska shogirdlariga o‘yin davomida nimalar qilishni batafsil tushuntirib kelgan. Natijada “Lester” Chempionshipda birinchi o‘rinni egallab, yuqori divizionga chiqdi.
Kuper esa, shogirdlaridan maydonda o‘z aqli bilan ishlashni, vaziyatga qarab to‘g‘ri qaror qabul qilishni talab etmoqda. “Lester”ning ayrim o‘yinchilariga bu talab og‘irlik qilayotgani uchun ular bosh murabbiyning ish uslubiga e’tiroz bildiryapti.
Fikrlar