Futzal bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi qit’a chempionati saralashiga jo‘nab ketdi
23-25 oktyabr kunlari Eronda futzal bo‘yicha Osiyo chempionati-2020ning saralash bahslari bo‘lib o‘tadi.
Qur’a natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston milliy terma jamoasi Markaziy va Janubiy mintaqaning “A” guruhidan o‘rin olgan va terma jamoamizga guruhda Tojikiston, Nepal va Afg‘oniston terma jamoalari raqiblik qiladi.
O‘FA rasmiy sayti tarqatgan xabarga ko‘ra saralash bahslariga hozirlik jarayonini yakunlagan O‘zbekiston milliy terma jamoasi Qirg‘izistonda o‘tkazgan qisqa muddatli yig‘in va o‘rtoqlik o‘yinlaridan so‘ng Eronga yo‘l oldi.

Fikrlar