
Fyurining navbatdagi jangi you tube blogger Jek Polga qarshi bo‘lishi aniq bo‘ldi
So‘ngi vaqtlarda bir qancha yulduzlar o‘zlarini boks shoularida sinab ko‘rmoqda. Shulardan eng taniqlisi bo‘lgan you tube blogger Jek Pol navbatdagi jangini Tayson Fyurining ukasi Tommi Fyuriga qarshi o‘tkazish borasida kelishuvga erishdi. Hozirda jang bo‘lishi 99 foizga aniq bo‘lgan. Ushbu bahs bo‘yicha rasmiy ishlar olib borilmoqda va tez orada e’lon qilinadi.
Tommi Fyuri professional boksdagi faoliyati davomida 7 ta jang o‘tkazgan va barchasida g‘alabaga erishgan (4 tasi nokaut bilan). U oxirgi marta veteran Entoni Teylorni ochkolar hisobida mag‘lub etgan edi.
Jek Pol esa bu borada 4 ta ko‘rgazmali jangda ishtirok etib, mag‘lubiyat nimaligini bilmay kelmoqda (3 tasi nokaut bilan). U so‘ngi jangida sobiq UFC chempioni Tayron Vudlidan ochkolar hisobida ustun kelgan.
Fikrlar