"Galatasaroy" APL klubidan futbolchi oldi
"Sautgempton" klubining gabonlik yarim himoyachisi Mario Lemina "Galatasaroy"ga ko‘chib o‘tdi.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra turk klubi 26 yoshli futbolchini 2020 yilning yozigacha keyinchalik sotib olish huquqi bilan ijaraga oldi.
Ma’lumot uchun, Lemina “Sautgempton” klubida 2017 yildan buyon to‘p surib kelayotgan edi. U o‘tgan davr mobaynida jami 52ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 2ta gol hamda 2ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. U bungacha "Loryan", "Marsel" va "Yuventus" kabi klublarda o‘ynagan. Gabon terma jamoasida esa 14ta o‘yinda ishtirok etib, raqiblari darvozasini 3 marta ishg‘ol etgan.

Fikrlar