
Germaniya kubogi. Noyer qizil kartochka olgan o‘yinda "Bayer" "Bavariya"ni mag‘lub etdi
Germaniya kubogi doirasida "Bavariya" va "Bayer" to‘qnash keldi.
O‘yinning 17-daqiqasida Noyer qizil kartochka olib, maydonni tark etdi. 69-daqiqada esa Tella bahsdagi yagona golni urdi.
Shu tariqa, "Bayer" Germaniya kubogi chorak finaliga yo‘l oldi.
Fikrlar