
Getji: Habib engilmas emas, u yutqazgan
Engil vaznda UFC muvaqqat chempioni Jastin Getji bu yil amaldagi chempion Habib Nurmagomedovga qarshi jang o‘tkazishi kerak. Getji bo‘lajak raqibining MMAda 28 ta jangning barchasida g‘alaba qozongani haqidagi faktlarni tan olmadi.
- Habib aslida Tibau bilan bo‘lgan jangni boy bergan, - dedi Getji.
2012 yilning 7 iyul kuni bo‘lib o‘tgan jangda Habib Nurmagomedov braziliyalik Gleyson Tibau bilan kuch sinashgan edi. Jang yakunida hakamlarning barchasi g‘alabani Habibga bergani ko‘plab muxlislar va mutaxassislar e’tiroziga sabab bo‘lgan.
Fikrlar