Go‘zal tennischilar Oklandda jam bo‘ladi

  • 25 noyabr, 2017, 12:45
  • 0
  • Tennis
CHERY AUTO

Xotin-qizlar tennis uyushmasi – WTA tomonidan Yangi Zelandiyada joriy yilning 31 dekabr kuni boshlanadigan xalqaro turnirda ishtirok etuvchi tennischilar nomi aniq bo‘ldi.

Tecno

Okland shahrida o‘tadigan ushbu musobaqada Karolin Voznyaski (Daniya), Yuliya Gyorges (Germaniya), .Agneshka Radvanska (Polsha) Viktoriya Azarenko (Belarus) kabi mahoratli tennischilarning ishtirok etishi undagi bahslar keskin va murosasiz bahslarga boy bo‘lishidan dalolat beradi.

Shuningdek, musobaqada chexiyalik Barbora Strikova, Marketa Vondroushova, germaniyalik Mona Bartel, qozog‘istonlik Yuliya Putinseva, xorvatiyalik Donna Vekich, Petra Martich, amerikalik Varvara Lepchenko, . Teylor Taunsend, Medison Brengl, Kristina Mak Xeyl, braziliyalik Beatris Xaddad-Mayya, belgiyalik Kirsten Flipkens, Alison Van Uytvank, shvetsiyalik Yoxanna Larsson, ispaniyalik Lara Arruabarrena, yaponiyalik Nao Xibino Buyuk Britaniyadan Loren Devis hamda Puerto-Riko vakili Monika Pyuig ishtirok etadi.

Sports.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!