"Grand Chess Tour": Abdusattorov va Sindarovga "wild card" berildi!

  • 05.03.2026 00:17
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Shaxmat
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Grand Chess Tour" — yil davomida dunyoning turli shaharlarida o‘tkaziladigan eng nufuzli shaxmat turnirlaridan biri bo‘lib, unda dunyoning kuchli grossmeysterlari ishtirok etadi. 
 
"Wild card" — bu turnir tashkilotchilari tomonidan maxsus taklif asosida beriladigan yo‘llanma bo‘lib, u orqali shaxmatchi saralashsiz musobaqada qatnashish imkoniga ega bo‘ladi. 
 
"Grand Chess Tour" doirasidagi wild card egalari: 
 
Super Rapid & Blitz Polsha (3-10 may) 
Javohir Sindarov 
Yan-Krishstof Duda 
Hans Niman 
Vladimir Fedoseev 
Radoslav Voytashek 
 
Super Chess Klassik Ruminiya (12-24 may) 
Bogdan-Daniel Deak 
 
Super Rapid & Blitz Xorvatiya (29 iyun — 6 iyul) 
Nodirbek Abdusattorov 
Ivan Sharich 
Bogdan-Daniel Deak 
 
Shu tariqa, "Grand Chess Tour" musobaqalarida ikki nafar o‘zbekistondik grossmeyster — Nodirbek Abdusattorov va Javohir Sindarov ham "wild card" orqali ishtirok etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!