
Grizmann "Atletiko"ning eng yaxshi to‘purari bo‘lib olishi mumkin
Antuan Grizmann "Selta"ga qarshi bellashuvda xet-trik muallifiga aylandi.
Hujumchi La Liga 10-turi doirasida vigoliklarsha qaro‘i o‘yinning 29, 64 va 70-daqiqalarida gol urdi. Joriy mavsumda frantsiyalik forvard chempionat doirasida 7 marotaba raqiblar darvozasini ishg‘ol qildi.
Umuman olganda, Grizmann "Atletiko"dagi faoliyati davomida rasmiy o‘yinlarda 162 ta gol urgan. Undan oldinda Adrian Eskudero (169) va Luis Aragones (172) bor.
La Ligada Antuan madridliklar safida 116 ta gol urdi. Bu ko‘rsatkich bo‘yicha u peshqadam Eskudero hisobida 34 ta golga ortda bormoqda.
Fikrlar