Gvardiola, joyingda o‘tir!
“Manchester Siti” rahbariyati jamoa bosh murabbiyi Xosep Gvardiolaning ketishi haqida chiqayotgan xabarlarga o‘z munosabatini bildirdi.
Taniqli insayder Fabritsio Romanoning ma’lum qilishicha, klub xo‘jayinlarida ispaniyalik mutaxassisning jamoada qolishiga hech qanday shubha yo‘q.
Ma’lumotlarga qaraganda, Gvardiola ayni paytda yangi transfer strategiyasi bilan shug‘ullanmoqda. Klub u tanlagan o‘yinchilarni olib berib, murabbiyni qo‘llab-quvvatlashga tayyor. Bu holat tomonlar o‘rtasidagi munosabatlar yaxshi davom etayotgani va ular buni yangi shartnoma bilan mustahkamlashidan dalolat bermoqda.
Gvardiolaning hozirgi kelishuvi yana bir yildan keyin nihoyasiga etadi.

Fikrlar