Gvardiola 100 million funt oladi
“Manchester Siti” rahbariyati bosh murabbiy Xosep Gvardiolani qo‘llab-quvvatlash uchun qishki transferlarga ham katta summa ajratadigan bo‘ldi.
The Sun nashrining xabar berishicha, agar ispaniyalik mutaxassis klub rahbariyatidan yangi o‘yinchi olish uchun mablag‘ so‘rasa, unga 100 million funt beriladi.
“Manchester Siti” Xosep Gvardiola bosh murabbiyligida ketma-ket Angliya chempionligini qo‘lga kiritdi. Biroq, “shaharliklar”ga Chempionlar ligasi bosh sovriniga egalik qilish hech nasib qilmayapti.
Chempionlar ligasida “Barselona” bilan g‘olib chiqqan Gvardiola endi bu ishni “Siti” futbolchilari yordamida takrorlamoqchi.

Fikrlar