Gvardiola: Agar "Manchester Siti" meni iste’foga chiqarmasa...
“Manchester Siti” klubi bosh murabbiyi Pep Gvardiola mavsum yakunlangach “shaharliklar” safidan ketmoqchi emasligini aytib o‘tdi.
“Men bu haqda juda ko‘p aytganman, agar klub meni iste’foga chiqarmasa, men aniq qolaman. Men bu erda kelasi mavsum ham 100% qolmoqchiman. Bu so‘nggi ikki mavsumda ko‘plab sovrinlar yutganim bilan uchun emas. Menga bu jamoada ishlash judayam yoqadi. Chempionlar ligasi yo‘llanmasi qo‘lga kiritilmagan taqdirda ham ketmayman”, - deydi Gvardiola.
Eslatib o‘tamiz, Gvardiola “Manchester Siti”ni 2016 yildan buyon boshqarib kelmoqda.

Fikrlar