Gvardiola: "Arsenal" bilan bo‘lgan voqea biz bilan ham sodir bo‘lishi mumkin

  • 29 aprel, 2023, 12:00
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola APL chempionligi uchun kurash hali yakuniga etmaganiga ishonmoqda. Aytish kerakki, “Arsenal” ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng (4:1) “Siti”ning chempionlik uchun imkoniyatlari sezilarli darajada oshdi. Garchi “shaharliklar” hozircha turnir jadvalida “kanonirlar”dan ikki ochko ortda qolayotgan bo‘lsada,  ularning hisobida ikkita zaxira o‘yini bor.

Tecno

«Men futbolchilarga «Arsenal» bilan sodir bo‘lgan voqea - uchta durang va bitta mag‘lubiyat biz bilan ham sodir bo‘lishi mumkinligini aytdim. Bunday bo‘lishi mumkin emas deysizmi? Yo‘q, do‘stlarim, bu mumkin. Biz buni unutmasligimiz kerak, shunda ochko yo‘qotmaslik bizga osonroq bo‘ladi», - dedi ispaniyalik mutaxassis jurnalistlarga.

"Manchester Siti"ning navbatdagi o‘yini 30 aprel kuni mehmonda "Fulxem"ga qarshi bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!