Gvardiola buni tasdiqladi
"Manchester Siti" klubi bosh murabbiyi Pep Gvardiola assistenti Mikel Arteta "Arsenal" bilan muzokaralar o‘tkazayotgani haqida tarqalgan xabarlarni tasdiqladi. Bu haqda Sky Sports xabar bermoqda.
“Arteta – ajoyib inson, judayam mehnatkash. Shuning uchun ham u hozir biz bilan birga. U “Arsenal” bilan muzokaralar o‘tkazmoqda. Ammo, u erda nimalar bo‘layotganidan bexabarman. Jamoa uni o‘z tarkibida ko‘rishni xohlamoqda, bu tushunarli. Biroq u nima xohlashi bu uning shaxsish qarori”, - deydi Gvardiola.

Fikrlar
Masalan шахсиш nima bu