Gvardiola De Bryuynening qarorini o‘zgartirdi

  • 23.12.2020 10:27
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Belgiyalik xavbek Kevin De Bryuyne "Manchester Siti"da to‘p surishda davom etmoqchi.

The Guardian nashri tarqatgan xabarga qaraganda, tomonlar 2025 yilga qadar tuzilgan shartnomani imzolashga yaqin turibdi. De Bryuyne bunday qarorga kelishiga asosiy sabab sifatida Xosep Gvardiolaning “Siti” bilan shartnomasini uzaytirgani aytilmoqda.

Hozir De Bryuyne “shaharliklar” safida haftasiga 300 ming funt maosh olmoqda. Ammo yangi shartnomada u yanada ko‘proq maosh olmoqchi.

De Bryuyne joriy mavsum APLda 12 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 2 ta gol hamda 7 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!