Gvardiola: "Etixad"da bo‘sh tribunalar bo‘lmaydi
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola jamoa etakchisi David Silvaning klubdan ketishi mavzusi haqida gapirib o‘tdi.
"David Silvaning ketishi? "Etixad"ga muxlislar qaytishiga ruxsat berilganida, u uchun xayrlashuv o‘yinini tashkil qilamiz. O‘shanda stadionda bo‘sh tribunalar bo‘lmaydi deb umid qilaman, chunki Silva "Siti" afsonalari Jo Xart, Vinsent Kompani, Yaya Ture va Pablo Sabaleta kabi futbolchilar bilan bir qatordan joy oladi", - deydi Gvardiola.
Eslatib o‘tamiz, APL 30 turi doirasida "shaharliklar" o‘z maydonida "Bernli"ni qabul qilib, yirik hisobda g‘alaba qozondi.
Fikrlar