Gvardiola faoliyatidagi eng yomon natijani qayd etdi

  • 08.12.2019 11:48
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Manchester Siti” klubi forvardi kecha “Manchester Yunayted”ga (1:2) imkoniyatni boy berdi. Aytish kerakki, “shaharliklar” APLning o‘tgan 16 ta turidan so‘ng 32 ochko bilan 3-o‘rnida bormoqda.

Opta statistik portali tarqatgan xabarga ko‘ra Gvardiola o‘zining murabbiylik faoliyatidagi eng yomon natijani qayd etdi. Gap shundaki, shu paytgacha u boshqargan jamoalar dastlabki 16 ta turda bu qadar kam ochko to‘plamagan.

Eslatib o‘tamiz, Gvardiola bungacha "Barselona" hamda "Bavariya" klublarini boshqargan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!