Gvardiola ham rozi bo‘ldi
"Manchester Siti" klubi bosh murabbiyi Xosep Gvardiola koronavirus tufayli yuzaga kelgan inqiroz davrida maoshining kamaytirilishiga rozi bo‘ldi. Bu haqda The Times nashri xabar bermoqda.
Aytish kerakki, ispaniyalik mutaxassisning onasi ham yaqinda koronavirusdan vafot etdi va ayni damda u vatanida bo‘lib turibdi. Gvardiola Ispaniyadan qaytgach, klub rahbariyati bilan uchrashadi va maoshining necha foizga kamaytirilishi masalasini muhokama qiladi.
49 yoshli Pep Gvardiola dunyoning eng ko‘p maosh oluvchi murabbiylaridan biri hisoblanadi. Uning yillik maoshi 20 mln evro.

Fikrlar