Gvardiola Matani o‘z jamoasida ko‘rishni xohlaganini aytdi

  • 08.04.2019 21:53
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Manchester Siti" klubi bosh murabbiyi Xosep Gvardiola o‘z vaqtida MYu yarim himoyachisi Xuan Matani o‘z jamoasiga olib kelish niyatida bo‘lganini aytdi.

“Barselona” murabbiyi bo‘lgan paytlarim Matani olib kelishni xohlaganman. Biroq, muammo shunda bo‘lganki, bizda yarim himoyachilar juda ko‘p edi.

Mata – ajoyib o‘yinchi. U “Chelsi” safida zo‘r o‘yinlar o‘tkazdi, endi esa “Manchester Yunayted” sharafini ham munosib himoya qilmoqda”, - deydi Gvardiola.

Eslatib o‘tamiz, Mataning “Manchester Yunayted” klubi bilan amaldagi shartnomasi mavsum kunlangach o‘z nihoyasiga etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!