Gvardiola muhim yangilik kutmoqda
Xosep Gvardiola jamoasining Evropa chempionlar ligasida ishtiroki bo‘yicha yakuniy qaror 13 iyul kuni e’lon qilinadigan bo‘ldi.
Joriy yilning fevral oyida UEFA moliyaviy feyr-pleyni buzgan “Manchester Siti” ikki yilga qit’aning eng nufuzli musobaqasidan chetlatilishini ma’lum qilgandi. Manchesterliklar bu qaror yuzasidan Sport arbitraj sudiga murojaat qilgan.
Yakuniy qaror 10 iyul kuni e’lon qilinishi kerak edi. Lekin UEFA Chempionlar ligasi pley-off bosqichi qur’asiga xalaqit qilmaslik uchun, bu sanani ko‘chirishni so‘ragan.

Fikrlar