Gvardiola: Mukammal bo‘lishning iloji yo‘q. Lekin...

  • 20.04.2019 12:05
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Manchester Siti” klubi bosh murabbiyi Xosep Gvardiola bugun “shaharliklar”ni EChLdan chiqarib yuborgan “Tottenxem”ga qarshi bahs oldidan o‘z fikrini bildirib o‘tdi.

“Mukammal bo‘lishning iloji yo‘q. Hech qachon va hech qanday. Lekin, unga erishishga harakat qilish kerak. Agar xatolar tuzatilmasa, keyin ular yana pand beradi.

Men hozir faqat ertangi o‘yin haqida o‘ylayapman. Chempionlik uchun kurshayotganimiz yaxshi, ammo, biz dastlab “Tottenxem”, ana undan keyin “Manchester Yunayted” haqida o‘ylashimiz kerak”, - deydi Gvardiola.

Ma’lumot uchun, “Manchester Siti” hamda “Tottenxem” jamoalari bahsi bugun Toshkent vaqti bilan soat 16:30da boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!