Gvardiola "Siti"dan ketmoqchi

  • 16 fevral, 2022, 10:18
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola 2023 yilning yozida shartnomasi yakunlanishi bilan klubni tark etishini ma’lum qildi.

Tecno

- “Manchester Siti”da 10-15 yilga qolishim mumkinmi? Yo‘q, xavotir olmang, men ser Aleks Fergyuson bo‘lmayman. Bir yarim yil futbolda katta muddat. Biz oxirgi 20 ta uchrashuvdan 18 tasida g‘alaba qozondik, hech qanday ahamiyat kasb etmaydigan o‘yinda “Leyptsig”dan mag‘lub bo‘ldik.

Men kam o‘ynayotganidan hayratlanayotgan yigitlar borligini bilaman. Qolgan hech narsaga shikoyat qilib bo‘lmaydi.

G‘alaba va mag‘lubiyatda tasodifning hissasi bo‘ladi, chunki  sen oldindan nima bo‘lishini bilmaysan. Biz g‘olib chiqib, tabassum qilish uchun birgamiz. Tund ko‘rinish bilan top-darajaga chiqib bo‘lmaydi. Qolgani muhim emas. Biz maksimum natija ko‘rsatish uchun shug‘ullanamiz,  - dedi Xosep Gvardiola.

Ispaniyalik mutaxassis “Manchester Siti”dan ketganidan keyin terma jamoalar bilan ishlash niyati borligini aytgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!