Gvardiola “Siti”ga ikki superyulduzni chaqirdi

  • 9 iyun, 2021, 21:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xosep Gvardiola o‘z jamoasida “Tottenxem” to‘purari Harri Keyn va “Aston Villa” yarim himoyachisi Jek Grilishni ko‘rmoqchi.

“Manchester Siti” rahbariyati bu futbolchilarning transferi uchun qo‘shimcha mablag‘ topish maqsadida bir necha o‘yinchini sotishni rejalashtirmoqda. Katta ehtimol bilan “shaharliklar” tarkibini yarim himoyachilar - Jek Xarrison, Pedro Porro, Yanxel Errera va Ivan Ilich, shuningdek, hujumchi Lukas Nmech butunlay tark etadi. Bu transferlar klubga 70 million funt miqdorida mablag‘ keltirishi kutilmoqda.

Harri Keyn yakunlangan mavsumda jami 49 ta uchrashuvda 33 ta gol urdi va 17 ta golli pas uzatdi. Jek Grilish esa, 27 ta bahsda qatnashib, ettita gol va 12 ta golli pas muallifi bo‘ldi. Har ikki futbolchiga Evropaning grand klublaridan takliflar bor.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!