Gvardiola supertransferga bel bog‘ladi

  • 08.01.2022 12:22
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

The Athletic nashrining xabar berishicha, “Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola to‘purar hujumchiga ehtiyoj sezmoqda. Klub rahbariyati bu talabni qondirish uchun “Borussiya” hujumchisi Ering Xolandni transfer qilmoqchi.

Norvegiyalik hujumchi Ispaniya chempionatiga yo‘l olmoqchi. Biroq, uning moliyaviy talablarini qondirish “Real”ga ham, “Barselona”ga ham og‘irlik qiladi. Madridliklar birinchi navbatda Kilian Mbappe transferiga e’tibor qaratadi. Kataloniyaliklar esa moliyaviy inqirozdan chiqa olgani yo‘q.

Agar Xosep Gvardiola jamoasi Erlingni qo‘lga kirita olmasa, bor e’tibor “Tottenxem” yulduzi Harri Keyn transferiga qaratiladi.

Gvardiola shogirdlari Angliya premer-ligasida chempionlikni hech kimga bermayotgan bo‘lsa-da, ispaniyalik mutaxassisga Evropa Chempionlar ligasi bosh sovrini hamon armon bo‘lib qolmoqda. Buni amalga oshirish uchun unga to‘purar hujumchi kerak.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!